“Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi” DK ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov asosida qabul e’lon qiladi:

Yetakchi muhandis texnolog – 1 ta (kvalifikatsion talablar: aviatsiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli yoki 5 yil ish stajiga ega bo’lgan o‘rta maxsus);

Muhandis konsturtor – 1 ta (kvalifikatsion talablar: aviatsiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli yoki 3 yil ish stajiga ega bo’lgan o‘rta maxsus);

Texnik nazorati bo‘yicha usta – 2 ta (kvalifikatsion talablar: aviatsiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli yoki 3 yil ish stajiga ega bo’lgan o‘rta maxsus);

Uchish apparatlarining elektr jihozlarini ta’mirlash bo‘yicha chilangar – 2 ta (kvalifikatsion talablar: aviatsiya yoki texnik yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus).

Iqtisodchi (kvalifikatsion talablar: iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli yoki 2 yil ish stajiga ega bo’lgan o‘rta maxsus);

Muxandis - dasturchi (kvalifikatsion talablar: o‘z soxasi yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli yoki 3 yil ish stajiga ega bo’lgan o‘rta maxsus);

Qozonxona boshlig‘i (kvalifikatsion talablar: oliy kasbiy ma'lumotga ega bo'lgan va uy-joy kommunal xo'jaligida kamida 3 yil rahbarlik lavozimlarida o'z mutaxassisligi bo'yicha ish tajribasiga ega);

Jixozlar bo‘yicha usta (kvalifikatsion talablar: oliy kasbiy (texnik) ta'lim va kasbiy faoliyat yo'nalishi bo'yicha ish tajribasi kamida 1 yil yoki o'rta kasbiy (texnik) ta'lim va kasbiy faoliyat yo'nalishi bo'yicha kamida 3 yil ish tajribasi ega)

Korxona tomonidan taklif qilinadigan sharoitlar:

• ishchilarning korxonaga kelib-ketishini korxona hisobidan tashkil qilish;
• ishchilarni bepul tushlik bilan ta’minlash;
• yilda bir marotaba moddiy yordam ko‘rsatish (ta’til davrida);
• xodimlarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish;
• madaniy va ommaviy hordiqlar (davlat, milliy va professional bayramlarni nishonlash) va sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish;
• xodimlarning farzandlarini dam olish lagerlarida sog‘lomlashtirish;
• xodim va yaqin qarindoshlarining vafoti (operatsiya va davolanish, xodimlarga) moddiy yordam ko‘rsatish;
• yubiley sanalar (50, 55, 60 yosh), korxonada uzluksiz ish staji uchun (15, 20, 25, 30 yil) hamda har oyda xodimlarni rag‘batlantirib borish;
• tegishli xodimlarni bepul maxsus ish kiyimlari hamda sut-qatiq mahsulotlari bilan ta’minlash;
• bir yilda bir marta barcha xodimlarni qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlash yoki belgilangan miqdorda kompensatsiya puli to‘lab berish;
• korxona moliyaviy holatidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasida ta’lim olayotgan yosh mutaxassislarning to‘lov kontraktlarini to‘lab berish;
• belgilangan tartib bo‘yicha ijarada turadigan xodimlarga ijara to‘lov shartnomasidan kelib chiqib 50% kompensatsiya to‘lovlarini qoplash.

Oylik ish haqi 3000 000 so‘mdan 5 000 000 so‘mgacha.


Muhandis – dasturchi uchun oylik ish xaqi suhbat asosida belgilanadi.


Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxonaning bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ish.mehnat.uz sayti orqali tanishib borishingiz mumkun
Ma’lumot tarzida shuni ma’lum qilamizki, ish qabul qilish kuni xar xaftaning chorshanba kuni soat 9-00 dan 16-00 gacha